Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shu maqsadda Doʻstlik tumanida Prokuratura hamda “Doʻstliktumangaz” gaz ta’minoti boʻlimi xodimlari hamkorligida manzilli tartibda nazorat va tahliliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan ishlar hududdagi gaz taqsimotidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish va aholining gaz ta’minoti sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Jarayon davomida iste’molchilarning mavjud murojaatlari, gaz hisoblagich qurilmalarining texnik holati, noqonuniy ulanish holatlari va boshqa muhim masalalar o‘rganilmoqda. Bunday manzilli nazorat ishlari gaz tarmogʻining xavfsiz va barqaror ishlashini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ishlar izchil davom etmoqda va natijalar bo‘yicha aholiga qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
📝 “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati