Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Sayxunobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tuman hududida jami 16 413 nafar iste’molchi gaz bilan ta’minlanmoqda. Ulardan:
• 5 730 ta iste’molchi tabiiy gazdan, • 10 925 ta iste’molchi suyultirilgan gazdan foydalanmoqda.
Tabiiy gaz iste’molchilari tarkibidan: • 5 645 ta — aholi xonadonlari, • 85 ta — yirik iste’molchilardan iborat bo‘lib, shundan 18 tasi ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar, 67 tasi esa boshqa turdagi yirik iste’molchilardir.
Gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, nostandart va qo‘lbola gaz uskunalari o‘rniga zamonaviy energotejamkor uskunalarni joriy etish bo‘yicha:
• 2 905 ta aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlari olib borildi, eslatmalar tarqatildi. • Aniqlangan 1 360 ta nostandart uskunalarning 497 tasi energotejamkor uskunalarga almashtirildi.
2025-yilning birinchi yarmida: • Shodlik MFYda — 0,2 km, • Do‘stlik MFYda — 1,5 km, • Turon MFYda — 0,5 km gaz quvurlari ta’mirlanib, estetika nuqtayi nazaridan tartibga keltirildi.
Shuningdek:
• Poymard va Shodlik MFYlarda aholini gaz bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 2 dona gaz taqsimlash qurilmasi o‘rnatildi. • 365 ta xonadonga gaz bosimini rostlash uskunasi (reduktor) o‘rnatildi. Bu orqali ikki bosqichli tizimga o‘tish ishlari davom ettirilmoqda. Yil yakuniga qadar barcha hovli xonadonlarni ushbu tizimga o‘tkazish rejalashtirilgan.