Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali masʼullari Navoiy viloyatida bo‘lib, “Navbahortumangaz” bo‘limida tashkil etilgan yangi o‘quv-mashq maydonini ko‘zdan kechirishdi.
Bu yerda tabiiy va suyultirilgan gazning iste’molchiga yetib borish bosqichlari, gaz taqsimlash qurilmalari faoliyati, shuningdek maishiy gaz ballonlaridan to‘g‘ri foydalanish tartiblari to‘liq namoyish etilgan.
Ushbu o‘quv maydoni yangi ish boshlayotgan yosh kadrlar hamda talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi.
Seminar davomida mutaxassislar maydon yonida joylashgan maxsus test markazida bo‘lib, bu yerda mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi.