Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
15-sentabrdan 15-oktabrgacha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida “Farg‘onaazot” AJda keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.
👷♂️ Tadbirda “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Elektr tarmoqlari korxonasi hamda Xayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi mutaxassislari hamkorlikda ishtirok etdi.
💡 Uchrashuv davomida: 🔹kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, 🔹 yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, 🔹 gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, 🔹 is gazi va gaz-havo aralashmasidan zaharlanish holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
🏹 Tadbirning asosiy maqsadi — ishchi-xodimlarning xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, sanoat obyektlarida xavfsiz mehnat muhitini mustahkamlashdir.