Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun So‘x tumanida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali tomonidan hududiy chilangar xodimlar uchun amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbir kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, xizmat intizomini mustahkamlash va xavfsizlik madaniyatini oshirishga qaratildi.
Seminarda tuman hokimi, IIB hamda prokuratura rahbariyati ishtirok etib, gaz tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga mas’uliyat, intizom va fidoyilik haqida muhim tavsiyalar berdilar.
🌟 So‘x tuman hokimining chiqishi ayniqsa ta’sirli bo‘ldi. U gazchilar mehnatini “odamlar tinchligi va farovonligining kafolati” deya ta’riflab, ularning xizmatiga yuqori baho berdi hamda soha xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
Seminar davomida “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Abdumajidov topshirig‘iga asosan So‘x tuman gaz ta’minoti bo‘limiga zarur asbob-anjomlar, texnik vositalar, yangi maxsus formalar hamda zaxira jihozlar yetkazib berildi. Ushbu tashabbus hududda gaz tarmoqlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash, nosozliklarning oldini olish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
🏔 Tog‘lar bag‘rida, So‘xning kuzgi manzarasi fonida o‘tgan mazkur seminar jamoaviy ruh, fidoyilik va hamjihatlik muhitida yakunlandi.
💪 “Hududgaz Farg‘ona” jamoasi — xalq ishonchini oqlash, xavfsizlikni ta’minlash va barqarorlikni saqlash yo‘lida fidokorona xizmatda!