Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Farg‘ona shahrining “Ilg‘or” mahallasi, Farovon turmush ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi uchun quvonchli yangilik — hududda yangi gaz tarmoqlarini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
✅ Umumiy 1300 metr uzunlikdagi yuqori bosimli gaz quvuri tortilayotgani natijasida aholiga tabiiy gaz yetkazib berish sifati va barqarorligi sezilarli darajada oshadi.
🔧 Loyiha doirasida: ▪️ mavjud quvurlar o‘zaro halqalashtirilib, bosim barqarorligi ta’minlanadi; ▪️ yangi yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti (GRP) o‘rnatiladi; ▪️ 450 ta xonadon tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlanadi.
🏗 Qurilish ishlari zamonaviy talablar asosida, sifatli materiallardan foydalanilgan holda olib borilmoqda. Barcha texnik jarayonlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilmoqda.
💬 “Hududgaz Farg‘ona” GTF mas’ullari ta’kidlaganidek, ushbu ishlarning asosiy maqsadi — aholining qishki mavsumda uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlanishini kafolatlashdir.
📈 Loyihaning amalga oshirilishi nafaqat Farovon turmush ko‘chasida, balki unga tutash hududlarda ham gaz bosimini yaxshilaydi. Bu esa aholining turmush sharoitini yanada qulaylashtirish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
📍 Farg‘ona shahri, “Ilg‘or” mahallasi 🗓 2025-yil oktyabr “Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati