Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik A.O‘rinbayev boshchiligida favqulodda vaziyatlarda tezkor, to‘g‘ri harakatlanish va uni bartaraf etish yuzasidan saf ko‘rigi o‘tkazildi. Unda "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali hamda tegishli tashkilot vakillari o'z avariya brigadalari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida har bir xizmatning maxsus texnikalari, ish qurollari, shaxsiy himoya vositalari hamda mutaxassislar tarkibi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida brigadalarning favqulodda vaziyatlar paytida tezkorlik bilan harakatlana olish darajasi, zarur texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sinchiklab o‘rganildi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.
Mazkur saf ko‘riklari qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarga tayyorgarlikni yanada mustahkamlash, aholining xavfsizligini ta’minlash va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati