Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ushbu savolga olib borilayotgan targ’ibotlar davomida batafsil javob berilmoqda.
Vobkent tumanida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida targ’ibotlar davom etmoqda. Navbatdagi jarayon tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda “Do’stlik” mahallasining ko’p qavatli xonadonlarida bo’ldi. Asosiy maqsad gazdan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish ekan, soha mutaxassislari tomonidan har biri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayniqsa, ikki konturli isitish uskunasidan to’g’ri foydalanish, ularning o’rnatilishiga ahamiyat qaratildi, gazsignalizator moslamasini ishlatish tartibi bo’yicha tavsiyalar berildi.
Ushbu qurilma - xonadon yoki obyektda gaz sizib chiqish holati kuzatilganida darhol signal berib, foydalanuvchini ogohlantiradi va gaz tarmogʼi klapan orqali oʼchiriladi. Targ’ibotlar davomida aksar iste’molchilar undan foydalanmay kelayotganligi tanqid qilindi. O’rnatilishi, doimiy undan foydalanishi ta’kidlandi.