Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, gaz ta’minoti sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida “Yangiyershahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalla gazchilari tomonidan “Hudud mobile” mobil dasturi orqali xonadonlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Mahalla gazchisi milliy qadriyatlarga hurmat ramzi sifatida milliy do‘ppida ish boshlab, aholi bilan bevosita muloqot olib bormoqda. Mazkur mobil dastur orqali iste’molchilarning gaz ta’minotiga oid murojaatlari o‘z vaqtida qabul qilinib, joyiga chiqqan holda muammolar bartaraf etilmoqda.
Shu bilan birga, gaz uskunalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, fuqarolarga gazdan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
“Hudud mobile” dasturidan foydalanish xizmatlar sifatini oshirish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu esa iste’molchilarning vaqt va mablag‘larini tejash bilan birga, gaz ta’minoti tizimida shaffoflikni ta’minlashga zamin yaratmoqda.