Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni paytda Sirdaryo tumani Quyosh mahallasi hududida aholini suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash ishlari reja asosida tashkil etilmoqda. Gaz ta’minoti xizmatlari tomonidan iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Sirdaryo tumanida 10 145 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida 3 ta Isuzu rusumli maxsus avtotransport vositasi jalb etilgan.
Shuningdek, 2026-yil yanvar oyi davomida aholiga jami 162,44 tonna suyultirilgan maishiy gaz tarqatilib, iste’molchilarning ehtiyojini to‘liq qondirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.