Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navoiy shahrining “Amir Temur” ko‘chasidan o‘tuvchi yer osti gaz quvurlarini yer ustiga chiqarish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Yo‘l kengaytirilishi hisobiga 600 metrga yaqin d-159 mmli yer osti gaz quvurlari yer ustiga chiqarilmoqda. Jarayonga “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi, shuningdek, “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialiga qarashli qurilish-montaj brigadasi ishchi-xodimlari jalb etilgan.
Mazkur tadbirlarni qisqa fursatda yakunlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, gazchi xodimlar tomonidan qizg‘in ish olib borilmoqda. Bu yerda 15 ga yaqin payvandchi va chilangarlar masʼuliyat bilan mehnat qilishmoqda.
Maʼlumot o‘rnida keltirish joiz, Navoiy shahrida tabiiy gaz isteʼmolchilari soni ellik mingdan ortiqni tashkil etadi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati