Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Sirdaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limida tashkil etilgan matbuot anjumanida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, sohaviy mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlik tamoyilini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda axborotlarning o‘z vaqtida va to‘liq e’lon qilib borilishi, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, xizmat intizomini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat jazo choralari emas, balki uning ildizlarini bartaraf etish, profilaktik choralarni kuchaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi.