Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida "Favqulodda vaziyatlardan holi mahalla" doirasidaaholi xavfsizligini ta’minlash, hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman elektr ta'minoti mutaxassislari hamkorligida tuman aholisi o'rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Dastlab, "Gaiston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlar va 49-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish holatlari kabi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, gazchilar tomonidan tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish, gaz jihozlarini soz holatda saqlash va ulardan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida aholiga xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatma plakatlarlari tarqatildi.
Bunday tadbirlar aholi o‘rtasida hushyorlikni oshirish hamda har bir xonadonda xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qiladi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati