Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qish mavsumida isteʼmolchilarga tabiiy gazni bir meʼyorda va uzluksiz yetkazib berish borasida joylarda soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Xatirchi tumanida ham aholiga tabiiy gaz bir maromda yetkazib berilishi “Xatirchitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlarining masʼuliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tumanda tabiiy gaz isteʼmolchilari soni 14 ming 633 tani tashkil etadi. Aholiga tabiiy gaz yetkazib berilishida hududdagi jami 111 ta gaz taqsimlash qurilmalari xizmat qiladi. O‘tgan yilda mazkur GTQ larning uchtasida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi. Joriy yil davomida ham to‘rtta gaz taqsimlash qurilmalari yangisiga almashtiriladi. Bu esa isteʼmolchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berilishini yana-da yaxshilaydi.
Qishning har qanday ob-havosiga qaramay, gazchilar tomonidan gaz taqsimlash qurilmalari rejim-sozlash ishlari olib borilmoqda. Texnik nazorat tadbirlari esa davomiyligi isteʼmolchilarni barqaror gaz taʼminotiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga tumanda tabiiy gazdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, is gazidan ogoh bo‘lish, yong‘in va turli ko‘ngilsiz holatlardan hushyor bo‘lish maqsadida targ‘ibot tadbirlari ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati