Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O'tgan 2025-yil mobaynida "Yangiqo'rg'on gaz to‘ldirish shoxobchasi" orqali Yangiqo'rg'on, Chortoq va Kosonsoy tumanlaridagi jami 121292 nafar iste’molchilarga 13406,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Mazkur inshootning bir oylik quvvati 1664 tonnani tashkil etadi.
Shuningdek, shoxobchaning maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash sexi orqali iste’molchilarga xavfsiz suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida 2025-yil davomida 67837 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilib, ta’mirlandi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, inshootda elektr energiyasi xarajatini qisqartirish samaradorligini oshirish hamda filialning iqtisodiy rentabelligini ta’minlash maqsadida 15 kVt quvvatdagi quyosh panellari, quyosh nuri orqali quvvatlanuvchi yoritish lampalari hamda suv isitish qurilmalari o‘rnatilib, foydalanishga topshirilgan.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati