Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Isteʼmolchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish xalqning gaz taʼminoti korxonasiga bo‘lgan ishonchini yana-da oshiradi. Bunda albatta, joylarda sayyor qabullar tashkil etishning ahamiyati katta. Bu aholi uchun qulaylik, ortiqcha sarson sargardonlik oldini olish demakdir.
Shu maqsadda “Karmanatumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i Sherali Avezov ishtirokida tumanning "Bog‘i shamol" mahallasida MFY binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda gaz taʼminoti bo‘limi masʼullari va mahalla aholisi ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholi tabiiy gazga ulanish, shuningdek, elektron gaz hisoblash uskunasida muammoli holat va boshqa masalalar bo‘yicha og‘zaki murojaat qilishdi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilishi taʼminlandi. Shu bilan birga ayrim masalalar bo‘yicha esa isteʼmolchilarga huquqiy tushuntirish berildi.
Uchrashuv davomida tabiiy gazdan to‘g‘ri va tejamkor foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligi aytib o‘tildi.
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati