Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Chortoqtumangaz" gaz taʼminoti bo‘limi Avariya-dispetcherlik xizmati tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat o‘z vaqtida qabul qilinib, atroflicha o‘rganilmoqda. Mutaxassislar tomonidan muammolarning kelib chiqish sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralariga zudlik bilan kirishilmoqda.
Xizmat xodimlari kecha-yu kunduz navbatchilik asosida ishlab, iste’molchilarning xavfsizligi va gaz taʼminotining uzluksizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Har bir murojaat nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Bunday tezkor va mas’uliyatli yondashuv natijasida hududda gaz taʼminoti bilan bog‘liq muammolar qisqa fursatda hal etilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati