Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan hududlarda gaz taqsimlash qurilmalarining texnik holatini nazoratdan o‘tkazish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida mutaxassislar tomonidan gaz taqsimlash punktlari va qurilmalarining sozligi, xavfsizlik talablari asosida ishlashi hamda texnik hujjatlarning yuritilishi sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgianmoqda.
Ushbu nazorat ishlari tabiiy gaz ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga xavfsiz va barqaror xizmat ko‘rsatish maqsadida olib borilmoqda.