Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyat prokurorining o‘rinbosari S.Ramazonov rahbarligida "Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda filial rahbariyati va tegishli bo‘lim xodimlari, shuningdek, “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i va masʼullari qatnashishdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aholi va ulgurji isteʼmolchilar o‘rtasida debitor qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, tafovutni kamaytirish, tasodif gaz holatlarini tezkor bartaraf etish bo‘yicha xodimlarga zarur topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek, Navoiy shahar gaz taʼminoti bo‘limida olib borilayotgan ishlar sustligi tanqidiy tahlil etildi. Xatirchi, Qiziltepa tumanlarida gaz taʼminotida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirishga oid zarur topshiriqlar berildi.
✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati