Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mazkur mahalla Karmana tumanida joylashgan bo‘lib, “Obod shahar” dasturiga kiritilgan. Shunga ko‘ra, bu yerda gaz taʼminoti sohasida ham eʼtirofga loyiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Karmanatumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan ayni paytda diametri- 159 mmli bo‘lgan yuqori bosimli 200 metr gaz quvurlarini demontaj qilish ishlari bajarilyapti. Natijada ilgari betartib turgan qo‘shqator gaz quvurlari yagona quvurga o‘tkazilmoqda.
- Mahallada 700 ta xonadon mavjud, - deydi tumangaz gaz taʼminoti bo‘limi xodimi Samad Rasulov. – Gazchilarimiz tomonidan ushbu aholi xonadonlari gaz taʼminoti tizimi uch bosqichlidan ikki bosqichliga o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar 200 ta xonadonga regulyatorlar o‘rnatilib, ikki bosqichliga o‘tkazildi. Shu bilan birga 9,4 kilolometr bo‘yoqlanib, tartibga olinadi. Bundan tashqari, 15 ta gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib, bitta yuqori bosimli GTQ modernizatsiya qilinadi.
Mahallada amalga oshirilayotgan bu ishlarga tumangaz gaz taʼminoti bo‘limidan 3 ta payvandchi hamda 12 ta chilangar jalb etilgan. Ayni kunlarda hududda gaz taʼminotiga oid barcha ishlar qizg‘in davom etmoqda. Bu jarayonlar mahallaning yana-da ko‘rkamligi, qolaversa, isteʼmolchilarga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berishni ko‘zda tutgani bilan ahamiyatlidir.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati