Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hudugaz Namangan" gaz ta'minoti filiali va Namangan davlat texnika universiteti o‘rtasidagi dual ta’lim dasturi doirasida talabalar uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda filial mutaxassisi A. Muradov, dotsent A. Atamov hamda "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji" fakultetining bir guruh talabalari ishtirok etdi.
Mazkur seminar dual ta’lim dasturi doirasida o‘tkazilib, unda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida talabalarga gaz ta’minoti tizimlarining ishlash prinsiplari, ularni montaj qilish va ekspluatatsiya jarayonlaridagi muhim jihatlar tushuntirildi. Shuningdek, real ishlab chiqarish tajribasiga asoslangan tavsiyalar berilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Ta’kidlanganidek, dual ta’lim tizimi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kelajakda malakali va raqobatbardosh kadrlar yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday seminarlar yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni ishlab chiqarish muhitiga moslashtirish hamda bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati