Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Davlatobod tumanida aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va yangi turar-joy hududlarini rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Orzu” hamda “Yuksalish” mahallalari hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida muhim muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi jadallik bilan davom etmoqda.
Mazkur loyiha doirasida massiv aholisi uchun qulay va barqaror issiqlik ta’minotini yaratish maqsadida ikkita markazlashgan qozonxona qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu qozonxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali tomonidan diametri 273 mmli umumiy uzunligi 3,5 km bo‘lgan yangi gaz tarmog‘i tortilmoqda.
Qurilish jarayonida sifat va xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Loyiha yakuniga yetkazilgach, markazlashgan qozonxonalar orqali massivdagi ko‘plab turar-joylar barqaror issiqlik bilan ta’minlanadi.
"Hudugaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati