Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-393-son qaroriga muvofiq, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan hududlarda infratuzilmani rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror ijrosi doirasida Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi "Ibrat-2" massivida joylashgan "Namangan" erkin iqtisodiy zonasini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadidayangi gaz tarmog'i qurilmoqda. Xususan, diametri 219 hamda 159 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 3,4 kilometrni tashkil etuvchi tabiiy gaz quvuri tortilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ushbu loyiha erkin iqtisodiy zona faoliyatini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
"Hudugaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati