Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida filial yigitlari soha ayollarini qizil yo‘lakcha orqali tantanali ravishda kutib olishdi. Bahoriy kayfiyat va samimiy tabriklar ostida kutib olingan opa-singillar uchun bu lahzalar unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Shundan so‘ng tadbir filialning katta majlislar zalida davom etdi. Filial rahbari barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularning gaz ta’minoti sohasidagi fidokorona mehnati, jamoa hayotidagi faolligi va mas’uliyatli faoliyatini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida gaz ta’minoti tizimida samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamda o‘zining mas’uliyatli va namunali faoliyati bilan jamoada hurmat qozongan bir guruh xotin-qizlarga "Hududgazta’minot" AJ boshqaruv raisining faxriy yorliqlari topshirildi.
Tadbir yakunida filialda mehnat qilayotgan barcha ayollarga bayram sovg‘alari hamda bahor ramzi bo‘lgan chiroyli gullar topshirildi. Samimiy tabriklar, iliq tilaklar va bayramona muhit xotin-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati