Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qiziltepa tumanining “Vang‘ozi” hududida d-159 mmli o‘rta bosimli bir kilometr yer osti gaz quvurlari rekonstruksiya qilinmoqda. Jarayonga “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi qurilish-montaj brigadasi ishchi-xodimlari jalb etilgan. Ayni kunlarda bu yerda qizg‘in ish jarayonlari davom etmoqda.
Mazkur rekonstruksiya ishlari aholiga tabiiy gazni bir maromda yetkazish maqsadida olib borilyapti. Shuningdek, eskirgan gaz quvurlarini yangisiga almashtirilishi gaz sizib chiqish holatlarini oldini oladi.
Rekonstruksiya tadbiri nihoyasiga yetgach, hududdagi “Toshmachit”, “Bashir” mahallalari va “Madaniyat” MFYdagi “Mahalla” qishlog‘idagi jami 700 ga yaqin xonadonda tabiiy gaz taʼminoti yana-da yaxshilanishiga erishiladi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati