Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ta’kidlash lozim, tabiiy gaz bilan bog’liq kamchiliklarning oldini olish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o’tgan 2025-yilda viloyatdagi 127 kmdan ortiq gaz quvurlarida rekonstruksiya ishlari bajarilgan edi. Joriy yilda esa ko’rsatkichlar amaliy jarayonlar misolida yanada oshishi kutilmoqda.
Qator hududlarda manzilli dastur asosida yangi yilning dastlabki oyidan boshlab amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugunga qadar 5 kmdan ortiq gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Jumladan, olis hududlar bo'lmish Olot, G’ijduvon hamda Jondor, Vobkent, Buxoro tumanlari va Buxoro shahri aholisiga tabiiy gazni xavfsiz yetkazib berish uchun tizimli jarayonlar olib borildi. Ayni kunda viloyatning boshqa manzillarida ham ish samaradorligiga e’tibor kuchaytirilgan.