Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda Chust tumanida 34552 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud. Ularga maxsus maishiy gaz ballon tashiydigan 7 ta avtotransport vositasi orqali suyuq gaz yetkaziladi, har bir suyultirilgan gaz tashiydigan avtotransportlar «aylanma» ko‘rinishda 110 ta maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlangan.
Iste’molchilarga oyma oy, belgilangan reja asosida suyuq gaz yetkazilyapti. Bugun ham tumanning «Yangiobod» mahallasi aholisiga rejaga asosan xizmat ko‘rsatildi. Bu yerda 302 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ularda 326 dona maishiy gaz ballonlari bor, shundan 280 dona filial tomonidan foydalanish uchun berilgan. Barcha iste’molchilar to‘liq ID karta bilan taminlangan. Mazkur mahallaga yil boshidan buyon 47,1 tonna, shundan 14 dekabr kuni 4,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon tuman aholisi 5418 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, dekabr oyida tumandagi iste’molchilarga 503 tonna 700 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan, shu kunga qadar esa 242 tonna suyuq gaz xonadonlarga yetkazildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati