Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Termiz tumani viloyat markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 30 ta mahallaning jami 21819 ta iste’molchisi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.
Yozning jazirama issig'ida ham qishning qahraton sovug’ida ham hech bir iste’molchi ta’minotsiz qolmaydi. Buning uchun viloyat bo‘yicha 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi davrida suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Termiz tumani iste’molchilariga joriy yilning oktabr, noyabr va dekabr oylarida 867,8 tonna 2024 yilning birinchi choragida ham shuncha miqdorda, mavsum davomida esa jami 1735 tonna 500 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Yil boshidan buyon tuman iste’molchilariga 1992 tonna 200 kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
- Bir kunda 550 ta maishiy ballonda 12100 kg suyultirilgan gaz tarqatamiz. Yil boshidan buyon iste’molchilarimiz soni 235 taga ortdi. Ular bilan tegishli tartibda shartnoma imzolab, maishiy gaz ballon va mahsulot xaridi uchun ID-karta taqdim qilindi. Bundan tashqari, iste’molchilarimizga 550 ta maishiy gaz ballonlar orqali "aylanma" usulda xizmat ko‘rsatilmoqda, - deydi "Termiztumangaz" GTB xizmat boshlig‘i P.Omonov.
Tuman gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan transport vositalari, maishiy gaz ballonlari holati ko‘zdan kechirilmoqda. Iste’molchilarga suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalari, mavsumni betalafot o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati