Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida Andijon viloyatida 4 ta mahallada tegishli ishlar olib borilishi koʻzda tutilgan. Xususan, Asaka tumanining “Ergashobod”, Oltinkoʻl tumanining “Intizom, Xoʻjaobod tumanidagi “Yangi hayot” hamda Shahrixon tumanidagi “Oq oltin” mahalla fuqarolar yigʻinlarida har bir koʻcha va xonadonlar obod maskanga aylantiriladi.
Shahrixon tumanidagi “Oq oltin” mahalla fuqarolar yigʻinida 2 ta koʻchada 700 ta xonadon mavjud. 1038 ta oila istiqomat qiluvchi moʻjazgina qishloqdagi barcha xonadonlar tabiiy gaz isteʼmolchilari hisoblanadi. Ushbu MFYda jami 6,89 km gaz quvurlari hamda 3 dona gaz taqsimlash qurilmalari aholi xizmatida. Dastur doirasida 0,7 km gaz quvurlarini joriy taʼmirlash, 2,0 km gaz quvurlarini boʻyoqlash hamda 1 dona gaz taqsimlash qurilmasini joriy taʼmirlash va texnik taftishdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Obod qishloq” dasturida doirasi ishlarni boshlab yubordik, — deydi “Shahrixontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Umidjon Rasulov. – Shu kunga qadar 1,6 km gaz quvurlari joriy taʼmirlanib, 2,0 km gaz quvurlari boʻyoqlandi. 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi joriy taʼmirlandi va texnik taftishdan oʻtkazildi. Rejadagi ishlar esa davom ettirilmoqda”.
Bugun mazkur mahalladagi har bir xonadon “aqlli” gaz hisoblagichlar bilan taʼminlangan. Gaz taʼminoti esa muammolar yoʻq. Hududdagi barcha quvurlar boʻyoqlanib, tartibga keltirilmoqda. “Oq oltin”ni obod maskanga aylanishida esa shahrixonlik soha xodimlari ham oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati