Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shahrixon tumani Andijon viloyatidagi suyultirilgan gaz isteʼmolchilari soni boʻyicha yirik hududlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda tumandan 50 mingga yaqin isteʼmolchilar istiqomat qilmoqda. Ularga “Shahrixontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining 6 ta maxsus avtotransport vositasi hamda “Shahrixon” gaz toʻldirish shoxobchasi orqali xizmat koʻrsatilmoqda.
Oʻtgan yillar davomida aholiga gaz yetkazib berishda turli xil savollar, murojaatlar oqimi koʻpaydi. Ana shu murojaatlar va ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha esa “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali tomonidan maxsus ishchi guruh tuzildi. Mazkur ishchi guruh esa bugungi kunda tumandagi suyultirilgan gaz isteʼmolchilarini xatlovdan oʻtkazmoqdalar.
“Bugungi kunga qadar 25 mingdan ortiq xonadonni toʻla xatlovda oʻtkazdik, — deydi Filialning “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini amalga oshirish” boʻlimi mutaxassisi Xasanboy Rizayev. – Xatlov davomida har bir isteʼmolchi bilan suhbatlashilmoqda. Xonadondagi maishiy gaz ballonlari soni, isteʼmolchilarning soni va boshqa tegishli jihatlar haqida gapirilmoqda”.
Xatlov davomida isteʼmolchilarga suyultirilgan gazdan foydalanish tartiblari, ID kartalar va onlayn tizimning afzalliklari, nazorat tarozilari haqida maʼlumotlar berilmoqda. Shuningdek, xavfsiz va oqilona foydalanishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi, aslida suyultirilgan gazni ishlatish tartiblari, maishiy gaz ballonni saqlash qoidalari va boshqa tegishli masalalar boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati