Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yurtimizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur ezgu tashabbus doirasida turli tashkilot va muassasalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida ham keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Unda filial rahbariyati hamda xodimlari faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib bordilar. Hashar davomida filial hovlisi tartibga keltirildi. Daraxtlar atrofi tozalandi. Chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud yanada saranjom-sarishta holga keltirildi.
Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, mehnat muhitini yanada obod va fayzli qilishga xizmat qiladi. Eng muhimi, umumxalq hashari orqali atrof-muhitni asrash, tozalik va ozodalikka e’tibor qaratish borasida yaxshi an’analar mustahkamlanib bormoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati