Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ xalqaro nufuzli S&P Global agentligi tomonidan o‘tkazilgan ESG (Environmental, Social, Governance) baholashida ishtirok etdi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Jamiyat 47 ballik ESG reytingini qo‘lga kiritib, sohadagi kompaniyalar orasida 71-percentil natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich Jamiyatning ESG yo‘nalishidagi natijalari sohadagi kompaniyalarning 71 foizidan yuqori ekanini anglatadi.
Mazkur natija “Hududgazta’minot” AJda barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish, ekologik mas’uliyatni oshirish, ijtimoiy siyosatni takomillashtirish hamda korporativ boshqaruv standartlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasini ko‘rsatadi.
Jamiyat kelgusida ham ESG tamoyillarini izchil rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish va zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyotlarini keng joriy etishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, ESG reytingi kompaniyalarning ekologik mas’uliyati, ijtimoiy siyosati hamda korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini baholovchi xalqaro mezonlardan biri hisoblanadi. Ushbu baholash natijalari kompaniyaning barqaror rivojlanishga bo‘lgan yondashuvi va xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yuritayotganini aks ettiradi.