Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Yashil makon" loyihasi doirasida boshlangan ko‘chat o‘tqazish ishlari viloyatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. Quvonarlisi, mazkur tadbirga gazchi xodimlar ham katta ishtiyoq bilan munosib hissa qo‘shishmoqda.
Zarafshon shahri asosiy qismi cho‘l hududidan iborat. Bu yerda katta cho‘l hududlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsad qilib olingan. Shunga ko‘ra, shaharning kattagina cho‘l maydonida iqlimga mos manzaralari ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.
- Gaz taʼminoti bo‘limimiz uchun 1 gektarga yaqin maydon ajratilgan, - deydi “Zarafshonshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimi Manuchehr Ro‘ziyev.- Jamoamiz bilan birga bu yerda 1000 tup tut ko‘chatlarini o‘tqazdik. Cho‘l hududuning kelajakda yashil tutzorga aylanishida hissamiz qo‘shilayotganidan xursandmiz.
Gaz taʼminoti bo‘limining yashillik barpo etishdagi hissasi aytish kerakki, qutlug‘ ayyom Navro‘zi olamni munosib kutib olish yo‘lidagi qadam ham bo‘ldi.
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati