Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sport vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan sport maktabida vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Unda sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha qiziqarli va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ochib berib, ishtirokchilarni samimiy qutlab, barchani sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va sport bilan muntazam shug‘ullanishga chorladi.
Mazkur sport bayramida “Hududgazta’minot” AJ Markaziy apparati xotin-qizlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyon etdilar.