Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 15-fevralidan to 15-martiga qadar “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, oylik doirasida gaz ta’minoti filiali, Boshlang’ich kasaba uyushmasi xodimlari tizimda uzoq yillar davomida mehnat qilgan, bugungi kunda pensiya yoshida bo’lgan ayol xodimlar xonadonida bo’lishdi.
Holidan xabar olishdi. Ularni muborak kunlar va qo’shaloq bayram bilan tabriklar ekan, bir piyola choy ustida o’tgan davrlarni eslab, suhbatlashishdi, ko’p yillik fidokorona mehnatlari e’tirof etildi. Yaxshi tilaklar aytildi.
Bu kabi e’tirof nafaqat oylik doirasida, balki yil davomida filial hamda Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan alohida e’tiborga olinadi.