Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari viloyatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. "Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali jamoasi ham ezgu tadbirda ko‘tarinki kayfiyat bilan ishtirok etmoqda.
Bugun filial jamoasi milliy kiyimlar, atlasu adrasda, do‘ppilarmizda yurtimizdagi obodlik, tozalik tadbiriga yuqori ishtiyoq bilan kirishishdi. Ertalabdan filial maʼmuriy binosi va bog‘ hovlisi suvlar sepilib, supirildi, chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxtlar va bardyorlar chetlari oqlandi. Shu bilan birga daraxtlarga shakl berilib, gul ko‘chatlari o‘tqazish uchun yer maydonlari yumshatildi.
- Bayramlarni baland kayfiyatida kutib olmoqdamiz ,- deydi filial xodimi Yulduz Ikromova. - Umumxalq xayriya hashariga hissamiz qo‘shilganidan barcha xodimlar xursandmiz.
Obodlik tadbirlari davom etmoqda.
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati