Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Davlat rahbarining tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” sifatida e’lon qilingani yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida gazchi yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A. Sobirov ham qatnashib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
Suhbat davomida gaz ta’minoti sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada olib borilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi. Ayniqsa, ustoz-shogird an’anasining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tajribali mutaxassislarning bilim va tajribasini yosh avlodga yetkazish, ularni kasb sir-asrorlariga o‘rgatish soha rivojida muhim omil ekani qayd etildi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati