Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi topshirigʻi bilan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati Norin tumanida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari ishtirokida tumanning “Yuqori Choʻja” MFYda joylashgan, fuqaro K. B. ga qarashli binoda oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida hududda 14 dona (7 dona suyultirilgan gaz toʻldirilgan, 7 dona boʻsh) maishiy gaz ballonlarini texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi. Shuningdek, 1 dona tarozi va gazni avtomobillarga oʻtkazishga moslashtirilgan 3 dona rezina shlanglar borligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, mahallaning A. Mingboyev koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. mazkur hududda aholi uchun moʻljallangan gaz ballonlariga gazni avtomobillarga yoqilgʻi sifatida oʻtkazib berish bilan shugʻullanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.