Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Italiyaning Milan shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ delegatsiyasi “Gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish” loyihasini moliyalashtirish yuzasidan amaliy muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokaralar doirasida Italiya eksport-kredit agentligi SACE kafolati ostida Intesa Sanpaolo banki ishtirokida kredit jalb etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Muzokaralar davomida tomonlar kreditning umumiy hajmi, foiz stavkalari va imtiyozli davr parametrlari boʻyicha maʼlumot olishdi. Shu bilan birga, toʻlov grafigi va suveren kafolat talablari yuzasidan asosiy tamoyillarni kelishib olindi. Tomonlar loyiha ekologik va ijtimoiy mezonlar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ushbu muzokaralar Oʻzbekiston gaz taʼminoti infratuzilmasini yangilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoqni barqaror rivojlantirish yoʻlida navbatdagi qadam boʻldi.