Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filialida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda "Namanganshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi, Namangan shahar Favqulodda Vaziyatlar Bo‘limi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar va universitet xodimlari o‘rtasida gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushunchalarni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan soha mutaxassislari gaz uskunalaridan to'g'ri foydalanish hamda muammoli vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi borasida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Tadbir davomida gazdan foydalanish xavfsizligi bo‘yicha ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi, ishtirokchilarga eslatma-plakatlar tarqatildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va amaliy foyda berdi. Universitet ma’muriyati tomonidan bu kabi tadbirlar muntazam tashkil etilib borilishi, talaba-yoshlarning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati