Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” da Xitoy Respublikasining “LINGTAI GSBF Tank Inc” korxonasi oʻrtasida gaz taʼminotida uy xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan tolali kompozit po‘latdan yasalgan suyultirilgan gaz ballonlarini ishlab chiqarish yuzasidan investitsion loyiha bo’yicha muzokaralar boʻlib oʻtdi. Muzokarada korxona rahbari Toni Pan hamda sifat nazorati injeneri Pan Qiaoshenglar ishtirok etib, korxona faoliyati to’g’risida ma’lumotlar berishdi.
Ushbu korxona 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, po‘lat payvandlangan gaz ballonlari va po‘lat bosimli idishlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar esa bevosita Amerika, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Koreya, Avstraliya va boshqa mamlakat standartlariga muvofiq sertifikatlangan, mazkur davlatlarga eksport qilib kelinmoqda.
Fikr va mulohazalarga bo’y bo’lgan muzokaradan so’ng yetakchi kompaniya vakillari filialning suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini joyida o‘rganish maqsadida Vobkent tumanida joylashgan gaz to’ldirish shoxobchasi hamda maishiy gaz ballonlarni ta’mirlash sexining ish faoliyati bilan tanishishdi. Takliflar bildirildi. Tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ta’kidlash lozim, avvalroq, ya’ni joriy yilning iyun va sentyabr oylarida gaz ta’minoti filialida “Guandun provinsiyasi” yashil ishlab chiqarish sanoati hamkorlik qo‘mitasi rahbari Vilyam Lin janoblari bilan hamkorlik muzokaralari bo’lib o’tgan edi.