Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali rahbari Davronbek Ahmedovning “Yoshlar kuni” munosabati bilan tizimdagi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda sohada chilangar, haydovchi, muhandis-metrolog, mahalla gazchilari va payvandchilik yo‘nalishida mehnat qilayotgan 50 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
Bugungi kunda Andijon viloyatidagi gaz sohasida mehnat qiluvchi xodimlarining 11% ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etmoqda. Ularning 26 nafarini oliy ma’lumotli yoshlar, 46 nafarini o‘rta maxsus bilim egalari hamda 13 nafarini esa oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini davom ettirayotganlar tashkil qiladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Yoshlar kunini alohida kun sifatida belgilanib, butun bir oyni Yoshlar oyligi sifatida e’lon qilinishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlarni yanada kengaytirish tadbirlarini o‘tkazilishi yoshlarning kelajagi uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tizimidagi barcha xodimlarning yakdillik bilan ishlashlari zarurligi, shuningdek, sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, vijdonan, halol mehnat qilsagina, iste’molchilar va jamoa orasida hurmat topishliklari xaqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvda Filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi, kadrlar bo‘limi hamda yoshlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Yakunda yoshlar Filial rahbari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan katta taassurotga ega bo‘lganliklari, shunday uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish kerakligi haqida taklif berdilar. Taklif darhol inobatga olinib, har chorakda bir marotaba yoshlar bilan uchrashishga kelishib olindi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati