Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJda suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish, uni texnik va texnologik jihatdan tartibga solishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda nazariy bilimlar va amaliyotni hamohang tarzda olib borish yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Jamiyat mutasaddilari hamda TDTUning professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida tomonlar chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan mazkur loyihaning texnik va ilmiy asoslarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, loyihani amaliy jihatdan takomillashtirish, ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqish hamda yosh olimlar va faol talabalarni jarayonga jalb etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Maʼlumot uchun, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, gaz taʼminoti tizimida salohiyatli muhandis-texnik xodimlarni tayyorlashda “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida “Hududgaztaʼminot” AJ va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilda “Dual taʼlim” oʻquv jarayonlarini muvaffaqiyatli tamomlagan universitetning 44 nafar talabalariga yashash manzillari boʻyicha ishga joylashish uchun maxsus sertifikat va yoʻllanmagan topshirildi.