Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ hamda Xitoyning “Tianjin Changlong Hongye Gas Equipment Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar amaliy bosqichga ko‘tarildi.
Joriy yilning 8 sentabr kuni mazkur kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparatida Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari D. Maksudov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tadbir doirasida Samarqand va Andijon viloyatlaridagi gaz to‘ldirish inshootlari o‘rganilib, uskunalarni modernizatsiya qilish yuzasidan takliflar berildi.
Shuningdek, suyultirilgan gaz ta’minoti sohasida avtomatlashtirish va raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etish, mavjud inshootlarni modernizatsiya qilish hamda texnik audit o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida kelgusida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.