Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta'minoti bo'limi, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilot xodimlari bilan birgalikda Yangiqʼorgʼon tumanida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Dastlab, tadbirga jalb etilgan ishchi guruhga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tavsiyalar asosida yo‘riqnoma berildi.
Tadbir davomida tumanning “Gaiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi fuqarolar yashash xonadonlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilib, xonadon egalari bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan tushunchalar berilib, eslatma plakatlar tarqatildi.
Bu boradagi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati