Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullarini joriy etish davlat tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biridir. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, “Hududgaztaʼminot” AJda murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali oʻrganish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilayotgani evaziga aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar oʻz yechimini topib, odamlarning xohish istaklari roʻyobga chiqmoqda.
Joriy yilning 16-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Yuzga yaqin qatnashchi ishtirok etgan sayyor qabulda isteʼmolchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan koʻplab masalalar ijobiy hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab qilingan murojaatlarni nazoratga olish hamda joyiga chiqib oʻrganish boʻyicha tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi.
Shu bilan bir qatorda, muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, toʻlov madaniyati, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish, energotejamkor uskunalarining afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.
Qayd etish kerak, xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini roʻyobga chiqarishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarning oʻrni ulkan boʻlmoqda.