Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan oqilona foydalanish va ortiqcha sarfni kamaytirish maqsadida aholi xonadonlarining qozonxonalaridagi maʼnan eskirgan, qoʻlbola yondirgichlar issiqlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi va xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan zamonaviy gaz yondirgichlarga almashtirilib kelinmoqda. Bu oʻz navbatida millionlab kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga zamin yaratyapti.
Joriy yilning oʻtgan 9 oyi (yanvar–sentyabr) davomida respublika boʻyicha qariyb 720 mingga yaqin eskirgan uskunalar energiya tejamkor yondirgichlarga almashtirildi. 2019-yildan shu vaqtga qadar mazkur koʻrsatkich 1,4 milliondan ortdi.
Raqamlarga qaraydigan boʻlsak, kuz-qish mavsumi oldidan isteʼmolchilarda maʼnan eskirgan gaz jihozlarini energiya tejamkor yondirgichlarga almashtirishga boʻlgan talab ortgan. Birgina sentabr oyida 304 mingdan ziyod zamonaviy yondirgichlar oʻrnatilgan boʻlsa, oktabrning dastlabki 14 kunligida bu koʻrsatkich 200 mingdan oshgan.