Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida Navro‘z umumxalq bayrami bu yil ham o‘zgacha ruh, ko‘tarinki kayfiyat va milliy an’analarga uyg‘un tarzda keng nishonlanmoqda. Viloyat markazidagi Bobur bog‘i bayramning asosiy maskaniga aylanib, bu yerda jam bo‘lgan minglab yurtdoshlar Navro‘zning fayzidan bahramand bo‘lmoqda.
Tantanali tadbirni viloyat hokimi, Senat a’zosi Shavkatjon Abdurazzoqov ochib berib, barcha namanganliklarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z nutqida Navro‘z azaldan yangilanish, mehr-oqibat va birdamlik ramzi ekanini ta’kidlab, yurtimizda tinchlik va farovonlik bardavom bo‘lishini tiladi.
Bayram dasturi viloyatimizning taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar bilan yanada fayzli tus oldi. Milliy raqslar, folklor chiqishlari va an’anaviy tomoshalar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, sumalak, osh sayllari va xalq o‘yinlari bayramga o‘zgacha rang bag‘ishladi.
Tadbirda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular bayram jarayonida o‘zlarining jipsligi, fidoyiligi va yurt ravnaqiga qo‘shayotgan hissasini yana bir bor namoyon etishdi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati