Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyati Davlatobod tumanida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi “Nurobod”, “Gulshan”, “Navro‘z” va “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan yer osti gaz tarmoqlarida aniqlangan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur hududda yuqori va o‘rta bosimli, diametri 325, 219 hamda 114 millimetr bo‘lgan gaz quvurlarida yuzaga kelgan sizib chiqish holatlari mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan aniqlanib, bartaraf etilmoqda.
Shuningdek, mavjud gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va optimallashtirish ishlari ham parallel ravishda olib borilmoqda. Ushbu jarayon doirasida eskirgan quvurlarni yangilash, texnik holatini yaxshilash hamda tarmoqlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur jarayon kelgusida favqulodda holatlarning oldini olish, gaz yo‘qotishlarini kamaytirish hamda iste’molchilarga barqaror xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati