Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Chust tumanida “Energetika xavfsizligi oyligi” va 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbirda Chust tumani prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi va kommunal tashkilotlar vakillari ishtirok etib, mavsumiy energiya xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar kuz-qish mavsumida energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiyani tejash hamda yashil energiyani keng joriy etish boʻyicha tadbirlarning ahamiyatini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, aholi uchun xavfsiz va uzluksiz energiya taʼminotini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va masʼul tashkilotlarning mavsumga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari boʻyicha hisobotlari tinglandi.
Tadbir yakunida aholiga energiya resurslaridan xavfsiz va oqilona foydalanish boʻyicha tushunchalar berilib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Seminar aholining energiya resurslaridan toʻgʻri foydalanish va ularni tejash boʻyicha bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati